Tashkiliy tuzilma
Assotsiatsiya rahbariyati va bo'limlari
Rais

Dr. Nuriymon Abulhasan
Rais
Nuriymon Abulhasan ushbu lavozimlarga qadar Prezident Devonining Millatlararo munosabatlar masalalari va din ishlari bo'yicha Davlat maslahatchisi xizmati mas'ul xodimi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining o'rinbosari, Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori lavozimlarida ishlagan.
BatafsilRais yordamchisi

Sulaymonov Murodjon Kozimovich
Rais yordamchisi
Murodjon Sulaymonov ushbu lavozimga qadar O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida, Davlat soliq qo'mitasi Soliq akademiyasida, Toshkent shahar Xalq banki Yashnabod tumani filialida, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida va Oriental universitetida boshqaruv lavozimlarida ishlagan.
Rais o'rinbosarlari

Hasanov Fozil Mirkomilovich
Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha Rais o'rinbosari
Fozil Hasanov ushbu lavozimga qadar Navoiy davlat konchilik instituti Talabalar turar joyi mudiri, Navoiy davlat konchilik instituti 1-toifali muhandis, Navoiy innovatsiyalar universiteti Ma'naviyat bo'limi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

Jahongir Mamatxonov
Rais o'rinbosari OTMlar bo'yicha
Jahongir Mamatxonov ushbu lavozimga qadar RiseUp School o'quv markazi, Perevod Consult konsalting kompaniyasi, Namangan Xalqaro universiteti, Namangan Rising school hamda Andijon IT-Med texnikumida ta'sischi-rahbar lavozimlarida ishlagan.

Hurshid Bobomuradov
Rais o'rinbosari Maktablar bo'yicha
Hurshid Bobomuradov ushbu lavozimga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, "Development leaders school" MCHj, "Maktablar bosh ofisi" MCHj, "TOPEXPERT ACADEMY" MCHJda turli lavozimlarida ishlagan.
Hududiy boshqarma boshliqlari

Yuldashov Aziz Avazovich
Hududiy boshqarma boshlig'i Toshkent viloyati kesimida
Shu bilan bir qatorda Aziz Yuldashov AL-AZIZ ACADEMY NTM Bosh direktori hamda Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani Deputati lavozimlarida ham mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.

Yuldashev Muhammad Elyor Turg'unpo'latovich
Hududiy boshqarma boshlig'i Farg'ona vodiysi kesimida
Muhammad Elyor Yuldashev "Mega Ziyo" nodavlat ta'lim muassasasi direktori, Namangan viloyati Chortoq tumani hokimi o'rinbosari, "Namangan International School" nodavlat ta'lim muassasasi direktori, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (Yodju) Namangan filiali direktori lavozimlarida ishlagan. Shu bilan bir qatorda Namangan International University and School NTM Bosh direktori lavozimida ham mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.
Bo'limlar
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi
Muassasalarning ta'lim sifatini baholash va monitoring
Huquqiy bo'lim
Normativ-huquqiy hujjatlar va muassasalarga huquqiy yordam
Xalqaro aloqalar bo'limi
Xorijiy hamkorlar bilan ishlash va xalqaro loyihalar
Axborot texnologiyalari bo'limi
Raqamli platformani rivojlantirish va texnik qo'llab-quvvatlash